Simple present Hozirgi oddiy zamon

The Present simple Tense (Hozirgi oddiy zamon)

Oddiy hozirgi zamon (Present simple)ning yasalishi
1. Present Simple ning 3-shaxs birlikdan tashqari barcha shakllari
fe’lning asosiy shaklini, (infinitivning to yuklamasini tushirib qoldirilgan
shaklini) qo‘yish bilan yasaladi. 3-shaxs birlikda fe’lning asosiy shakliga -s
qo‘shimchasi qo‘shiladi: to work — I (we, you, they) work, he works.
3-shaxs birlik qo‘shimchasi -s jarangli undosh tovushlar va unlilar dan
keyin [z], jarangsiz undosh tovushlardan keyin [s] deb o‘qiladi: He reads
[ri:dz]. He sees [si:z]. He writes [raits].
3-shaxs birlikda ss, ch, sh, x harfl ar (sirg‘aluvchi tovushlar) bilan
tugagan fe’llarga -es qo‘shimchasi qo‘shiladi va [iz] deb o‘qiladi: I pass
— he passes, I dress — he dresses, I teach — he teaches, I wish — he
wishes.
Izoh: Oldida undosh harfi bo‘lgan -y harfi bilan tugagan fe’llarga 3-shaxs birlikda
-es qo‘shimchasi qo‘shiladi va y harfi i harfi ga aylanadi: I cry — he cries [kraiz]; I carry —
he carries [kariz].
Oldida unli harfi bo‘lgan y harfi bilan tugagan fe’llarga 3-shaxs birlikda umumiy qoida
asosida -s qo‘shimchasi qo‘shiladi: Iplay — he plays [pleiz].
3-shaxs birlikda to do, to go fe’llariga -es qo‘shimchasi qo‘shiladi: He
goes, he does.
2. Bo‘lishsiz shakli asosiy fe’lning oldiga do (does) yordamchi fe’lini
va not inkor yuklamasini qo‘yish bilan yasaladi:
Ega + do (does) + not + V
I do not work. He does not ļ work.
3. So‘roq shakli do yordamchi fe’lini (3-shaxs birlikda does) egadan
oldinga qo‘yish bilan yasaladi: Do I work? Does he (she) work?

Do (Does) + ega + V?
4. Og‘zaki nutqda quyidagi qisqartirmalar qo‘llaniladi:
I don’t
He (she, it) doesn’t
We (you, they) don’t
1. Simple Present odatiy, doimiy, egaga xos bo‘lgan yoki umuman yuz
beradigan ish-harakatini ifodalash uchun ishlatiladi (hozir emas):

The postman brings us the newspaper in the morning.
Pochtachi bizga gazetani ertalab
olib keladi (odatiy harakat).

John walks to school every day. Jon har kun maktabga piyoda boradi.

The earth goes round the sun. Yer Quyosh atrofi da aylanadi.

An atheist doesn’t believe in God. Ateist xudoga ishonmaydi.

What does this word mean? Bu so‘z qanday ma’noni bildiradi?

He lives in Tashkent. U Toshkentda yashaydi. (doimiy).

2. Ingliz tilida davom zamonlarda ishlatilmaydigan to see, to recognize,
to want, to understand
kabi fe’llar bor. Bunday fe’llar bilan hozir,
gapirilayotgan paytda davom etayotgan ish harakatni ifodalash uchun
Present Continuous emas, Simple Present ishlatiladi.

I see a ship in the distance. Men uzoqda kemani ko‘rayapman.

Don’t talk so loudly, I hear you
well.
Buncha qattiq gapirma, seni yaxshi eshitayapman.

I don’t understand this sentence. Men bu gapni tushunmayapman.

3. If agar, unless agar …-masa, provided that bo‘lsa, shartda, when
–da, paytida, before oldin, until -maguncha, till -gacha as soon as -gach,
as long as -da kabi bog‘lovchilar bilan bog‘langan shart va payt ergash gaplarda Simple Present Simple Future o‘rnida kelasi zamondagi ish-hara katni
ifodalash uchun ishlatiladi:

If he comes, I shall ask him about
it.
Agar u kelsa, men undan bu
haqda so‘rayman.

I shall go there unless it rains. Agar yomg‘ir yog‘masa, men u
yerga boraman.

I shall stay here until he returns. U qaytib kelmaguncha, men
shu yerda bo‘laman.

4. Harakatni (qatnovni) ifodalaydigan to leave jo‘namoq, tark etmoq, to
start jo‘namoq, to sail suzib ketmoq, to return qaytib kelmoq, to arrive
yetib kelmoq, to go bormoq, to come kelmoq
kabi fe’llar bilan Simple
Present kelasi zamondagi ish-harakatni ifodalaydi. Bunda kelasi zamonni
ko‘rsatuvchi payt holi bo‘lishi kerak:

Does your brother arrive on Monday?
Akangiz dushanba kuni yetib keladimi?

The steamer sails tomorrow. Paroxod ertaga suzib ketadi.

Five minute test. Besh daqiqalik test ishlab ko’ring

Shavkatjon

Share

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Post comment

Saytni Tarjimalash »