Present Continuous Tense Hozirgi davomli zamon

The Present Continuous Tense Hozirgi davomli zamon

Hozirgi davomli zamon so’zovchi gapirib turgan vaqtda, hozirgi zamonda davom etib turgan ish-harakatga nisbatan ishlatiladi. Hozirgi davomli zamonda ifodalangan gaplar ingliz tilidan o’zbek tiliga ko’pincha fe’lga “-yap” qo’shimchasi qo’shish bilan tarjima qilamiz.

I am running. Men yuguryapman.

Hozirgi davomli zamonning yasalishi

1. Present Continuous to be fe’lining hozirgi zamondagi shakllaridan biri va asosiy fe’lning hozirgi zamon sifatdoshi (Present Participle) shaklini qo‘yish bilan yasaladi:

Ega + am,is,are + Ving

Bu yerda Ving = hozirgi zamon sifatdoshi:

I am thinking. He is thinking. We are thinking.

Bo‘lishsiz shakli am, is, are yordamchi fe’lidan keyin not inkor yuklamasini qo‘yish bilan yasaladi:

Ega +am,is,are+ not + Ving

I am not working. He is not working. We are not working.

So‘roq shakli gapning egasining oldiga o’tkazish bilan yasaladi:

Am,is,are+ ega + Ving?

Am I working? Is he working? Are you working?

4. Og‘zaki nutqda quyidagi qisqartirmalar ishlatiladi: I’m, He’s,

She’s, It’s, We’re, You’re, They’re, I’m not, He isn’t, He’s not, She isn’t,

She’s not, It isn’t, It’s not, We aren’t,We’re not, You aren’t, You’re not, They


aren’t, They’re not.

HOZIRGI DAVOMLI ZAMONNING ISHLATILISHI

Gapirayotgan paytda, hozir sodir bo‘layotgan ish-harakatni ifodalaydi:

He is reading a book. U kitob o‘qiyapti.

She is typing a letter. U xat yozayapti.

Don’t make any noise, he is sleeping.

Shovqin qilmang, u uxlayapti.

Quyidagi hissiyotni, idrokni va aqliy holatni ifodalovchi fe’llar davom zamonlarda ishlatilmaydi:

like – yoqtirmoq

love – sevmoq

hate – yoqtirmaslik, nafratlanmoq

want – istamoq

wish, desire – xohlamoq

see – ko‘rmoq

hear – eshitmoq

feel – his qilmoq

notice – payqamoq

know – bilmoq

undersatand – tushunmoq

remember – eslamoq

forget – unutmoq

believe – ishonmoq

recognize – tanimoq

seem, appear – ko‘rinmoq, o‘xshamoq

possess – egalik qilmoq

contain – o‘z ichiga olmoq

consist – dan iborat bo‘lmoq

be – bo‘lmoq

2. Davomli zamon Gapirayotgan paytda bo‘lmasa ham, hozirgi zamonda uzoq vaqt davom etadigan ish harakatni ifodalaydi:ok

He is writing a new play. U yangi pyesa yozayapti.

That firrm is carrying on nego-tiations for the purchase of ore. U firma ruda sotib olish haqida muzokaralar olib boryapti.

3. If, when, while va boshqalar bilan boshlangan payt va shart ergash gaplarda kelasi zamonda davom etgan (Future Continuous o‘rnida) ish harakatni ifodalaydi:

If I am sleeping when he comes, wake me up, please. U kelganida agar men uxlayotgan bo‘lsam, iltimos, meni uyg‘oting.

I shall be reading the newspaper while you are writing your grammar exercises. Siz grammatika mashqlarini bajarayotganingizda men gazetani o‘qiyotgan bo‘laman.

4. Kelasi zamondagi ish-harakatni ifodalaydi. Bunda ish-harakatning bajarilishi aniq bo‘lishi va gapda kelasi zamonni ko‘rsatuvchi payt holi bo‘lishi kerak:

They are going to the theatre tonight. Ular bu oqshom teatrga boradilar (borayaptilar).

He is taking his examination on Friday. U juma kuni imtihon topshiradi.

We are buying a new radio set soon. Biz tezda yangi radiopryomnik sotib olamiz.

She is leaving by the fi ve o’clock train. U soat beshlik poyezd bilan jo‘nayapti.

Fe’llarga –ing qo’shimchasi qo’shilganda biroz fonetik o’zgarishlar yuz beradi: Misol uchun run+n+ing=running, come-e+ing=coming;

audio ni tinglang.

2. am, is yoki are qo’yib gaplarni tugallang

3. Rasmga qarang va qavs ichidagi fe’llardan foydalanib gaplarni tugallang.

4. I‘m not, aren’t yoki isn’t qo’ying

5. Rasmga qarang va quyida berilgan fe’llardan foydalanib odamlarni nima qilayotganligini yozing.

:Qisqa javob berish

6. Savollarga javob bering. Qisqa javoblardan foydalaning.

Shu mavzu uchun listening. Yes we are.

.

Shavkatjon

Share

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Post comment

Saytni Tarjimalash »