Zamonaviy ingliz tili

Ma’lumki, XXI asr rivojlanish, taraqqiyot va innovatsion texnologiyalar asri.
Hozirda har bir sohada innovatsion texnologiyalardan va zamonaviy ilm-fan
vositalaridan foydalanib kelinmoqda. Shu sababli, maktablarda ham
õquvchilarning ingliz tilini chuqur õrganishlari va ularning til kõnikmalarini
oshirish uchun zamonaviy va innovatsion vositalardan, metodlardan, sinflar
tizimida turli xil interaktiv õyin va amaliy mashğulotlardan foydalanish zarur.

Õquv jarayoniga innovatsion texnologiyalarning joriy etilishi chet tillarni õqitish
jarayonida ta’lim mazmuni va metodlarini ehtiyojlar asosida takomillashtirilishi
bilan uzviy boğliqdir. Chet tillarini õqitishning asosiy maqsadi maktab
õquvchilarining kommunikativ madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish, chet
tilini amaliy jihatdan õrgatishdir. Professor, amaliy tilshunos olim Azamat
Akbarovning ta’kidlashicha, chet tilini o‘rganish «yaxshi taassurot qoldiradigan»
tarjimai holga ega bo‘lish yoki sayohat qilishda qo‘l keladigan vositadan ham
jiddiyroq ahamiyatga ega. U õquvchilarni aqlliroq, tez qarorga keluvchi insonga
aylantiradi va hatto suhbat olib borish qobiliyatlarini ham oshiradi. Psixologik
tadqiqotlar ham chet tillarini õrganish va so‘zlashish afzalliklarini namoyon
etmoqda. Õqituvchining vazifasi har bir õquvchi uchun sharoit yaratish, har bir
õquvchiga õz faolligini, ijodiy qobiliyatini namoyish etish imkonini beradigan
õqitish usullarini tanlashdir. XXI asrda zamonaviy ingliz tilini õqitishning asosiy
vazifasi nafaqat keng ma’lumot berish, balki õsib borayotgan õquvchining bilimini
mustaqil ravishda egallashi, bilim sohasida doimo chuqurlashishga intilishi va
ingliz tilini õrganishga bõlgan qiziqishini, ishtiyoqini oshirish maqsadida
maktablarda õquvchilarga zamonaviy metodikalar, yangi axborot
texnologiyalardan va internet resurslari kabi zamonaviy pedagogik
texnologiyalardan foydalanib dars õtishdir.
Nutq aloqa vositasi ekan, uni õrganish ta’limning umumiy amaliy maqsadiga
kiradi. Biroq, bugungi kunda maktab õquvchilarida chet tillarini õrganishda nutq
bilan boğliq muammo bor. Bu holatga professor Azamat Akbarov shunday fikr
bildiradi:” Afsuski, bugungi kunda qo‘llanayotgan ba’zi til o‘rgatish metodlari
õquvchilarning vaqtini behuda sarflaydigan mashg‘ulotlar, xolos. Til o‘qituvchilari
chet tilini o‘rgatishda adabiyotni o‘qish va grammatik qoidalarni batafsil tahlil
qilishga emas, balki ko‘proq suhbatlashish ko‘nikma va malakalariga alohida
e’tibor berishlarini xohlar edim. Bunday darslarda o‘qish va yozishga asosiy e’tibor
qaratiladi, so‘zlashuv va tinglab tushunishga juda kam yoki umuman izchil e’tibor
berilmaydi. Õquvchi tilni õrganishni boshlagan vaqtdan muttasil so‘zlashishi juda
muhim”. Demak, maktab õquvchilariga dars mobaynida faqat yangi ma’lumotlar

berish, õquv darsliklaridagi yozma mashqlarni bajartirish, doimiy ravishda qoidalar
yoki luğatlar yodlatish ularning ingliz tilini õrganishga bõlgan qiziqishlarini
sõndirib qõyish bilan bir qatorda ularning nutq bilan boğliq muammolarining kelib
chiqishiga ham sababchi bõlishi mumkin. Ruhshunoslar va ta’limshunoslar e’tirof
etishlaricha, õquvchilarga ta’lim jarayonida yetarli miqdorda qiyinchiliklarni
yengib borish õrgatilsagina, ularning tafakkurini tezkorlik bilan rivojlantira olish
mumkin. Shu sababli, õquvchilardagi nutq bilan boğliq muammolarni hal qilish
maqsadida nutqiy rivojlantirishga asoslangan metodikalardan foydalanish
maqsadga muvofiqdir. Maktablarda õquvchilarning til kõnikmalarini oshirishi va
ulardagi muammolarni bartaraf qilish uchun Harold Palmer metodidan foydalanish
tafsiya qilinadi. Ushbu metodning maqsadi ingliz tilini erkin egallash, ya’ni nutqni
tinglab tushunish, gapirish, õqish va yozuv malakalarini egallash nazarda tutiladi.
H.Palmer metodida õqituvchilarga õquvchilar oğzaki nutqni egallashlari uchun ular
bilan birga quyidagi masalalarni inobatga olgan holda ishlash tafsiya etiladi:

  1. Til qiyinchiliklarini tasnif etish (talaffuz, imloviy, etimologik, semantik,
    sintaktik qiyinchiliklar).
  2. Oğzaki nutqni ikki yõnalishda õrgatish: tinglab tushunish va gapirish.
  3. Passiv til boyligini shakllantirish, sõngra uni reproduktiv nutqda faol
    qõllash.
  4. Sõzlarning ma’nosini ochishda kõrgazmalilik, tarjima, chet tilda izohlash,
    matn mazmunidan foydalanish.
  5. Nutqiy parchalarni yodlab õzlashtirish.
  6. Sõzlarni muayyan mezonlarga binoan tanlash.
  7. Mavzularga oid matnlarni tanlash, luğat-minimum tuzish va õqish turlarini
    aniqlash.
    Muammolarni bartaraf etib, yuqori natijalarga erishishda, albatta, til õrganishdagi
    qiyinchiliklarni aniqlab olish yaxshi natija beradi. Õquvchilarda nutqni
    rivojlantirish uchun maktab dasturiga mavzular kiritilishida “õquvchi va uning
    tevarak-atrofi” metodika mezonlariga suyanib ish kõrilishi lozim. Soddaroq qilib
    aytganda, õquvchi, avvalambor, õzi haqida, õziga yaqin kimsalar va narsalar

haqida ingliz tilida (dõstlari, muallim, oila a’zolari va sinfi, maktab, uyiga oid) fikr
bayon etishi, soniyan, uzoqroq masofa haqida (qishloği yoki shahriga oid) fikr
yurita olishi va, nihoyat, õz Vatani va tili õrganilayotgan mamlakat(lar) haqida
axborot bera olishi talab qilinadi. Ushbu mavzularning metodik tasnifi 3ta yirik
nomni tashkil etadi: “Õquvchi tevarak-atrofi”, “Vatanimiz”, “Tili õrganilayotgan
mamlakat”. Maktablarda shu kabi mavzularga tayangan holda õquvchilarning
ingliz tilida gapirish kõnikmalarini rivojlantirish mumkin.
Zamonaviy jamiyatning õzgaruvchan voqeliklari va uning faol rivojlanishi
sharoitida ingliz tilini õqitishda õqitishning innovatsion usullaridan foydalanish
lozim. Bugungi kunda maktablarda ingliz tili õqituvchilari AQSH, Angliya
pedagoglari tajribasiga tayangan holda quyidagi innovatsion usullardan
foydalanishlari tafsiya qilinadi:
– “Muammoli vaziyat yechimi” (Creative Problem Solving) usulini qõllash uchun
hikoyaning boshlanishi õqib beriladi va uning qanday yakun topishi õquvchilar
hukmiga havola qilinadi;
– “Quvnoq topishmoqlar” (Merry Riddles). Õquvchilarga topishmoqlar õrgatish
ingliz tilini õrgatishda muhim ahamiyatga ega, ular õzlariga notanish bõlgan
sõzlarni õrganadilar va õylab topishmoq javobini topadilar;
– “Rasmlar sõzlaganda” (When pictures speak) usuli ancha qulay bõlib, ingliz
tilini õrgatishda õquvchilarning oğzaki nutqini rivojlantirishda yordam beradi,
buning uchun mavzuga oid rasmlardan foydalanish lozim;
– “Allomalar yiğini” (Thinkers’ meeting) usulini qõllash jarayonida õquvchilar
õzlaru xohlagan allomalar, shoir va yozuvchilardan birini tanlab ularning hikmatli
sõzlaridan aytib berishadi. Bunday paytda ular aytib ketgan hikmatli sõzlardan
darslarda foydalanish õquvchi-yoshlarni komil inson bõlib tarbiyalanishlariga
yordam beradi.
– “Sõzlarni tõğri harflab aytish” (Spelling bee) usulini qõllash uchun õquvchilar
õzlari yod olgan luğatlardagi har bir sõzlarni tõğri harflab aytishlari kerak bõladi.
Bu usul õquvchilarning gapirish va yozish kõnikmalarining rivojlanishiga yordam
beradi.

Yuqorida aytib õtilgan har bir innovatsion usullar õziga xos afzallik jihatlariga
egadir. Bunday usullarning barchasida õqituvchi va õquvchi õrtasidagi hamkorlik,
õquvchining ta’lim jarayonidagi faol harakati kõzda tutiladi.
Ingliz tilini õqitishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ham
õquvchilarning fanga bõlgan qiziqishlari va faolliklarining oshishiga sababchi
bõladi. Õqituvchi dars mobaynida õquvchilarning sinf tizimidan kelib chiqqan
holda ularga ingliz tilidagi, davomiyligi 3 yoki 5 daqiqa bõlgan qiziqarli va
tarbiyaviy ruhdagi videoroliklar qõyib berishi lozim. Ushbu videoroliklarning
davomiyligi uzoq bõlsa, ayrim õquvchilarni zeriktirib qõyishi yoki ular ba’zi
sõzlarga tushunmay qolishi mumkin. Shu sababli videoroliklarning davomiyligi
qisqa bõlishi maqsadga muvofiqdir. Darsda õquvchilarga videoroliklar qõyib
berish orqali ularning diqqatini tilni õrganishga jalb qilish mumkin. Yangi
mavzularni, ma’lumotlarni, grammatik qoidalarni, qiziqarli ma’lumotlarni, she’r,
luğat yoki tarixiy va mashhur shaxslar haqida videoroliklar qõyib berish orqali har
tomonlama samarali natijalarga erishish mumkin. Jumladan, õquvchilarda tinglash,
tinglab tushunish, kõrib yodda saqlash, gapirish kabi kõnikmalar rivojlanadi.
Xulosa õrnida shuni aytish lozimki, XXI asrda davrning õzi yangiliklarni,
yangilanishni talab qilayotgan ekan, õsib kelayotgan yosh avlodga yangi,
zamonaviy usullar orqali dars õtish ham davrning bir talabidir, desak adashmagan
bõlamiz. Õquvchi-yoshlar kelajakda yetuk kadr bõlib yetishishlari uchun ularga
hozirdanoq ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va psixologik jihatdan yordam berib ularni
qõllab-quvvatlash lozim. Maktab õquvchilarining til kõnikmalarini hozirdanoq
rivojlantirish kelgusida juda katta muvaffaqiyatli natijalar beradi. Yuqorida aytib
õtilgan metodikalar, innovatsion usullar va zamonaviy axborot texnologiyalaridan
foydalanish ularning til õrganishga bõlgan qiziqishlarini oshirish, ularni tilni
õrganishga jalb qila olish, ulardagi yuzaga kelgan qiyinchiliklarni hal qila olish,
fikrlash, õz iste’dodlarini namoyon qila olish va ularning õqish, gapirish, tinglab
tushinish va yozuv kabi kõnikmalarini rivojlantirib, katta natijarga erishish uchun
yordam beradi. Innovatsion usullarni qõllash natijasida õquvchilarning mantiqiy
fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, nutqi ravonlashadi, tez va tõğri javob berish

malakasi shakllanadi. Shu õrinda aytish lozimki, õqitishda metodikalar,
innovatsion usullarni qõllashdan tashqari axborot texnologiyalarining joriy etilishi
axborotni qabul qilish va qayta ishlash jarayonini sezilarli darajada diversifikatsiya
qiladi.

You may also like...

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *