Kombinatorika elementlari nazaryasi Kopaytmani topishga doir test

KOMBINATORIKA ELEMENTLARI NAZARIYASI COMBINATORIKA
Ko’paytmani topishga doir masalalar

1. Savatda 5 ta olma va 3 ta nok bor. Savatdan bitta meva tanlashni necha usulda amalga oshirish mumkin? A) 8 B) 15 C) 2 D) 7
2. Do„konda 5 ta turli piyola, 3 ta turli likopcha va 4 ta turli choy qoshigʻi bor. a) Piyola va likopcha juftligi necha usulda xarid qilinishi mumkin? b) Piyola, likopcha va choy qoshigʻi uchligi necha usulda xarid qilinishi mumkin? c) Turli nomdagi ikkita idishning juftligi necha usulda xarid qilinishi mumkin? A) 8; 12; 20 B) 15; 60; 22 C) 15; 60; 47 D) 15; 8; 22
3. Samarqanddan Toshkentga 4 xil yo‟l bilan kelish mumkin: samolyot, poyezd, avtobus va taksi. Toshkentdan Xo‟jakentga 3 xil transport vositasi olib boradi: poyezd, avtobus, taksi. Samarqanddan Xo‟jakentga necha xil usulda kelish mumkin? A) 1 B) 7 C) 8 D) 12
4. “Makro” supermarketining “Hammasi uy uchun” bo‟limida 5 xil piyola, 6 xil taqsimcha, 4 xil choy qoshiq bor. Nargiza xola turli nomdagi ikkita buyum sotib olmoqchi. U bu ishni necha xil usulda amalga oshirishi mumkin? A) 120 B) 74 C) 64 D) 15
5. 3 ta tovuq, 4 ta o‟rdak va 2 ta g‟oz bor. Uchta parrandani shunday tanlab olingki, ular ichida tovuq, o‟rdak va g‟oz bo‟lsin. Shunday tanlashlar soni nechta bo‟ladi? A) 9 B) 12 C) 24 D) 18
6. Onasi Nargizaga “Korzinka.Uz” supermarketidan 3 xil meva xarid qilishini aytdi. Supermarketda 6 xil olma, 4 xil nok, 5 xil uzum bor. Nargiza mevalarning har bir xilidan 1 kg dan olib, nechta turli to‟plam tuza oladi? A) 15 B) 36 C) 90 D) 120
7. To‟rt xil bolt va uch xil gaykadan bittadan olib necha xil juftliklar tuzish mumkin? A) 12 B) 7 C) 5 D) 3
8. 40 xil bolt va 13 xil gaykadan bittadan olinib, necha xil juftlik tuzish mumkin? A) 520 B) 420 C) 53 D) 27
9. Birinchi elementi to‟plamdan, B a b { , } ikkinchi elementi esa to‟plamdan olingan juftliklar soni nechta? A) 9 B) 8 C) 6 D) 5
10. Maktab oshxonasida oq non, qora non va uch xil kolbasa bor. Ulardan necha xil buterbrod tayyorlash mumkin? A) 6 B) 5 C) 3 D) 2
11. 3 ta oq, 2 ta qizil va 4 ta sariq atirgul bor. Uchta har xil guldan iborat guldastani necha usulda tuzish mumkin? A) 24 B) 9 C) 18 D) 21

12. Kitob javonida matematikadan 9 ta, chet tilidan4 ta va ona tilidan 6 ta kitob turibdi. Javondanbitta kitobni necha usulda tanlash mumkin?A) 19 B) 216 C) 114 D) 10013. Sehrli mamlakatda uchta shahar bor: A, B va C.A shahardan B shaharga 6 ta yoʻl boradi, Bshahardan C shaharga esa – 4 ta yoʻl. Ashahardan C shaharga necha usulda borsaboʻladi?A) 24 B) 10 C) 2 D) 125614. Do„konda 7 xil pidjak, 5 xil shim va 4 xilgalstuk sotilmoqda. Pidjak, shim va galstukdaniborat uchlikni (to„plamni) necha usul bilansotib olsa boʻladi?A) 140 B) 16 C) 83 D) 3915. “Matbuot tarqatuvchi” do„konida 5 xil konvertva 4 xil marka sotilmoqda. Konvert bilanmarkani necha usulda sotib olishimiz mumkin?A) 20 B) 9 C) 625 D) 4816. Ikkita kitob, uchta daftar va to‟rtta qalam bor.Ulardan bittadan olinib komplektlartuzilmoqchi. Bu ishni necha xil usul bilanbajarish mumkin?A) 24 B) 18 C) 12 D) 917. Tepalikdagi buloqqa 6 ta yo‟l olib boradi.Sayyoh necha xil usulda buloqqa borishi vaqaytishi mumkin?A) 36 B) 30 C) 24 D) 4018. Tepalikdagi buloqqa 6 ta yo‟l olib boradi. Agarsayyoh buloqqa borgan yo‟lidan emas, boshqayo‟ldan qaytsa, u holda tepalikka chiqish vaqaytish jami necha xil usulda bo‟lishi mumkin?A) 36 B) 30 C) 24 D) 4019. Oshxonada birinchi taom sifatida karamshoʻrvani, qaynatma shoʻrvani, no„xatshoʻrvani, ikkinchi taom sifatida garnirli goʻsht,baliq, tovuqni, uchinchisiga esa choy vasharbatni buyurish mumkin. Birinchi, ikkinchiva uchinchi taomdan iborat tushlikni nechtausulda buyurish mumkin?A) 18 B) 54 C) 8 D) 2720. “daftar” so‟zidan undosh va unli harflarjuftligini necha xil usul bilan tanlab olishmumkin?

Shavkatjon

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Post comment

Saytni Tarjimalash »