Can modal fe’li

Ingliz tilida can modal fe’li qila olmoq degan ma’noni bildiradi va egadan keyin qo’yiladi. Masalan:
I can read. (Men o’qiy olaman) I can swim. (Men suzolaman).
Can barcha shaxslar uchun bir xil ishlatiladi.
I can, you can, he can va h.k. Biz can modal fe’lidan inkor gap yasamoqchi bo’lsak odatga ko’ra can dan keyin not yuklamasi qo’yamiz. Masalan:
I can not swim. (Men suza olmayman) You can not run. (Siz yugura olmaysiz) Can dan so’roq gap yasalganda esa can modal fe’li egadan oldinga qo’yiladi. Masalan:
Can you sing? (Qo’shiq ayta olasanmi?) Can she speak English? (U ingliz tilida gapira oladimi?)

New words:
dance – raqsga tushmoq
sing – kuylamoq
drive – haydamoq, minmoq (mashina)
ride – minmoq (ot, velosiped)
swim – suzmoq
run – yugurmoq
fast – tez
cook – pishirmoq
paint – chizmoq
1. Bu Naomi.
U nimalar qila olishi va nimalar qila olmasligini yozing
2. Rasmlarga qarang. Siz o’zingiz nimalar qila olsangiz + qila olmasangiz x belgisini qo’ying.

Nimalar qila olishingiz va qila olmasligingizni yozing.

3. Rasmlarga qarang. Quyida berilgan so’zlardan foydalanib savollar yozing va ularga javob bering
