Ingliz tilida OT so’z turkumi THE NOUN 3-dars

- Shaxs yoki buyumni ifodalovchi who? kim? va what? nima? so‘-
rog‘iga javob bo‘luvchi so‘zlar turkumi ot deyiladi: a man, an engineer, a
house. - Otlar oldidan odatda artikl va predlog keladi. Ular otlarning asosiy
belgisidir: a table, the table, on the table. - Otlar birlik va ko‘plikda kelishi mumkin: a table — tables,
a book — books. - Otlarda ikkita – bosh va qaratqich kelishigi bor: worker — wor-ker’s, father — father’s.
- Otlar gapda quyidagi vazifalarda keladi:
a) ega vazifasida:
The train leaves at 6 o’clock.
b) kesim tarkibida:
He is a teacher.
c) to‘ldiruvchi vazifasida:
I have received a telegram.
We have sent the buyers a letter.
I will speak to the manager.
d) aniqlovchi vazifasida:
This is the manager’s room.
e) hol vazifasida:
There is a hospital in the village.
U turt guruxdan tashkil topgan:
- Common noun – bunga odamlar, joylar, narsalar va xayvonlar kiradi. man, door, corner, dog.
- Proper noun – bunga konkret atamalar kiradi. John, France, Santa Claus, New Year.
- Abstract noun – bunga ko’z bilan ko’rib qo’l bilan ushlab bo’lmaydigan mavxum otlar kiradi. Beauty,
courage, friendship. - Collective noun – bunga bir nechta yoki bir gurux odamlar, xayvonlar va narsalarni anglatuvchi
otlar kiradi. Family, crowd.
Qoyil juda zo’r shuni qidiryotgandim