Ingliz tilida jins gender 4-dars

GENDER – JINS.
Gender nounni qaysi jinsga tegishliligini ko’rsatib keladi va uning xam uchta ko’rinishi mavjud.

  1. Masculine – bunga o’g’il bolalar, erkaklar va erkak xayvonlar kiradi. boy, uncle, cock.
  2. Feminine – bunga qizlar, ayollar va urg’ochi xayvonlar kiradi. girl, aunt, hen.
  3. Neuter – bunga jonsiz narsalar, jinsi noaniq xayvonlar va o’gil yoki qizligi xali ma’lum bo’lmagan
    chaqaloqlar kiradi. table.
    Exception rule!
    Kema va mashinalarni ba’zan erkalab tilga olinganda Femininedan foydalaniladi:
  • She is my baby. (car)
    Genderga alokador suzlardan misollar:
    Odamlar uchun,
  • father – mother;
  • husband – wife;
  • king – queen;
  • widower – widow.
    Uy va yovvoyi xayvonlar uchun,
  • bull – cow;
  • dog – bitch;
  • duck – drake;
  • ram – ewe;
  • jack – jenny;
  • tiger – tigress;
  • stallion – mare.
  • Kasblar (occupations) uchun,
  • actor – actress;
  • conductor – conductress;
  • heir – heiress;
  • hero – heroine;
  • manager – manageress;
  • steward – stewardess;
  • waiter – waitress;
  • host – hostess.
    Shunday otlar borki, biz bu otlarni tug’ridan tug’ri jinsini aniqlay olmaymiz. Bunday otlarni jinsini
    aniqlash uchun pronoun (he, she, his, her)dan foydalanamiz:
  • My neighbour bought a bike for his son. Masculine.
  • My neighbour bought a bike for her son. Feminine.
  • My student is clever. He studies at the lyceum. Masculine.
    Bunday otlarga quyidagi so’zlar kiradi:
    Odamlar uchun,
    Baby, child, cousin, infant, parent, relation, relative, spouse, teenager, adult, guest, foreigner, friend, person, pupil,
    neighbour.
    Kasblar (occupations) uchun,
    Teacher, student, artist, assistant, cook, dancer, driver, doctor, guide, journalist, lawyer.
    Xayvonlar uchun,
    Sheep, cat, horse, deer, crocodile, donkey, etc…

You may also like...

1 Response

  1. Harry says:

    hayvonlarga faqat it ishlatiladimi

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *