To be fe’li

To be fe’li bo’lmoq, hisoblanmoq degan ma’noni bildiradi yoki o’zbek tilidagi -man, -san, -dir qo’shimchalariga to’g’ri keladi. To be fe’lini asosan ot, sifat, son bilan ishlatiladi. To be fe’lining 3 ta shakli mavjud. Ular shaxslarga qarab tuslanadi. Bular: am, is, are Biz doimo I-shaxs ya’ni I bilan to beni am shaklini ishlatamiz. II-shaxs you bilan esa are ni III-shaxs ya’ni he, she, it bilan esa is ni qo”laymiz. Ko’plikda barcha shaxslar ya’ni we, you, they ga are ishlatamiz. I am a pupil. Men o’quvchiman. (ot bian) He is 18 years old. U 18 yoshda(dir). (son bilan) This flower is beautiful. Bu gul chiroyli(dir). (sifat bilan) To be ni qisqartma shakli. Ingliz tilida to be ni qisqartma shakli ko’p uchraydi. Bular: I am – I’m You are – You’re He is – He’s She is – She’s It is – It’s We are – We’re They are – They’re To be ning inkor shakli. To be ni inkor shaklini yasash uchun to be dan keyin not yuklamasi qo’yiladi. I am not a pupil. Men o’quvchi emasman. He is not 18 years old. U 18 yoshda emas. They are not beautiful. Ular chiroyli emas. To be ning savol shakli. Tobening savol shakli yasash uchun o be fe’lini egadan oldinga qo’yiladi. Masalan:
You are a pupil. Sen o’quvchisan Are you a pupil? Sen o’quvchimisan? Javob berish: Yes, I am/No, I am not

Shavkatjon

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Post comment

Saytni Tarjimalash »