There is / There are

There is , there are u yerda bor degan ma’noni bildirib, biror joyda biror nima borligini bildiradi. Masalan: There is an apple in the fridge. Xolodilnikda olma bor. There is/are ni have/has dan farqi, have/has biror shaxsda yoki predmetda biror nima borligini bildirsa, there is/are esa biror yerda biror nima borligini bildiradi.

There’s a boat. U yerda qayiq bor There are three fish. U yerda uchta baliqlar bor. Oldingi mavzuimiz ya’ni 7-darsda o’tganimizda, biz sizga “is” ni birlik “are”ni esa ko’plik uchun ishlatilishini aytib o’tgandik, xuddi shunday ‘ there is – birlikdagi otni, there are esa ko’plikdagi otlarni borligini ko’rsatish uchun qo’llaniladi. Masalan: There is a pen on the table. (stol ustida ruchka bor) There are two pens on the the table. (stol ustida ikkita ruchkalar bor) Biz there is/are dan inkor gap yasaganimizda to be fe’li (is/are) dan keyin not yuklamasi qo’yiladi va u yerda yo’q deb tarjima qilinadi. Masalan: There is not a pen in my bag. Mening sumkamda ruchka yo’q. There are not five flowers in the classroom. Sinfxonada beshta gullar yo’q. Biz there is/are dan so’roq shaklini yasaganimizda esa to be fe’li (is/are) egadan oldinga qo’yiladi va u yerda bormi deb tarjima qilinadi. Masalan: Is there a cat in your home? Sizning uyingizda mushuk bormi? Are there two copybooks in your bag? Sumkangizda ikkita daftaringiz bormi? Ingliz tilida ko’pincha to be fe’lini qisqartmalaridan foydalaniladi. There is/are ni quyidagicha qisqartirib foydalanish mumkin. there is = there’s there is not = there isn’t there are not = there aren’t Gaplarni is, are isn’t yoki aren’t qo’yib tugallang.

Rasmga qarang. Huddi misoldagidek qilib savollar yozing va ularga javob bering.

New words
boat – qayiq
starfish- dengiz yulduzi
bag – sumka
helicopter – vertolyot
car – mashina
park – istirohat bog’i
children – bolalar
lorry – yuk mashinasi
hat – bosh kiyim, shlyapa
dress – ko’ylak

Shavkatjon

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Post comment

Saytni Tarjimalash »