Sozlarni koplik shakli plurals

Ingliz tilida ko’plik (plural) shakli yasash uchun ko’pgina otlarga -s qo’shimchasini qo’shamiz. Masalan: birlikda book bo’lsa undan ko’plik yasash uchun -s qo’shimchasini qo’shsak kifoya: books – kitoblar. O’zbek tiliga -s qo’shimchasi -lar deb tarjima qilinadi. one flower – two flowers one zebra – four zebras one lion – three lions Lekin hamma otlarga ham -s qo’shimcha qo’shilmaydi. -s, -ss, -sh, -ch, -x, yoki -o harflari bilan tugagan otlarga ko’plik yasash uchun -es qo’shimchasi qo’shiladi. one bus – two buses Quyidagi mashqda ko’plik shaklini yasang. 1. watch – _________ 2. glass – _________ 3. tomato – ________ 4. brush – ________ 5. box – _________ 6. dish – ________ So’z oxirida undosh harf va y harfi kelgan otlarga y harfini tushirib qoldirib, -ies qo’shimchasini qo’shamiz. Masalan: one baby – two babies Lekin, So’z oxirida unli harf va y kelsa, u holda -s qo’shimchasini o’zi qo’shiladi. Masalan: toy – toys Ko’pgina otlarning ko’plik shakli shu qoidalar asosida yasaladi. Ammo, ba’zi otlar borki ular bu qoidalarga bo’ysunmaydi. Ularni biz irregular plurals deymiz. Ularning o’zini ko’plik shakli bor bo’lib, -s, -es, yoki -ies emas aynan o’sha shaklini ishlatishimiz kerak bo’ladi. Masalan one man – two men. Ushbu ro’yxatdagi so’zlarga -s qo’shimcha qo’shsak xato bo’ladi. Bu so’zlar ro’yxatini yaxshisi yodlab olganingiz ma’qul. Ular unchalik ham ko’p emas. Ularning ba’zilarini keltirib o’taman:

New words (Yangi so’zlar): flower – gul lion – sher bus – avtobus watch – qo’l soat tomato – pomidor brush – chotka box – quti dish – idish baby – go’dak

Shavkatjon

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Post comment

Saytni Tarjimalash »