Present continuous

Bugungi darsdan boshlab ingliz tilidagi zamonlarni qisqaroq va soddaroq qilib tushuntirib borishga harakat qilaman. Ingliz tilida 16 ta zamon bor. Bugun men shulardan biri bo’lgan Present Continuous (Hozirgi davomli zamon) haqida bo’ladi darsimiz.
Biz present continous dan hozirda sodir bo’layotgan ish harakatni bildirish uchun foydalanamiz.
Masalan: He is sleeping now. U hozir uxlayapti
I am reading now. Men hozir o’qiyapman.

audio ni tinglang.

Present continuous ni yasashda biz quyidagi strukturadan foydalanamiz. Subject + to be (am, is, are) + verb + ing You + are + read + ing. Sen o’qiyapsan Inkor shakli yasalganda esa to be (am, is, are) dan keyin not yuklamasi qo’yiladi. You are not reading. Sen o’qimayapsan. I’m not working. Men ishlamayapman. So’roq shaklini yasamoqchi bo’lganimizda esa, doimgidek to be fe’lini egadan oldinga qo’yamiz: Are you working? Ishlayapsizmi? Is he playing? U o’ynayaptimi? Spelling rules (Talaffuz qoidalari): work – working, read – read ing, climb – climb ing, fly – fly ing BUT: cut – cutting, put – putting, write – writing, dance – dancing 1. Fe’llarga -ing qo’shing

2. am, is yoki are qo’yib gaplarni tugallang

3. Rasmga qarang va qavs ichidagi fe’llardan foydalanib gaplarni tugallang.

4. ‘m not, aren’t yoki isn’t qo’ying

5. Rasmga qarang va quyida berilgan fe’llardan foydalanib odamlarni nima qilayotganligini yozing.

:Qisqa javob berish

6. Savollarga javob bering. Qisqa javoblardan foydalaning.

7. Savollar yozing va ularga javob bering.

8. Qavs ichidagi fe’llarni present continuousda ochib chiqing

New words:

stand – turmoq

walk – yurmoq

cut – qirqmoq, kesmoq

put – qo’ymoq

bark – vovullamoq

make – yasamoq

sandcastle – qum qasr

T-shirt – futbolka

sand – qum

talk – gaplashmoq

Shavkatjon

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Post comment

Saytni Tarjimalash »