Predlogning gapdagi o’rni Shakli ravishlar bilan mos keluvchi predloglar

Predloglar ot yoki olmoshdan oldin keladi. Agar otning aniqlovchisi bo’lsa, predlog shu aniqlovchidan oldin keladi:

He works at a factory. U fabrikada ishlaydi.

He works at a large factory. U katta fabrikada ishlaydi.

Ammo quyidagi hollarda predlog o’zi qarashli bo’lgan so’zning oldida emas, gapning oxirida keladi (fe’ldan keyin keladi, agar to’ldiruvchi bo’lsa, to’ldiruvchidan keyin keladi):

Ko’chirma va o’zlashtirma so’roq gaplarda, predlog what, who(m), which olmoshlariga yoki where ravishiga qarashli bolganda gap ning oxirida fe’ldan keyin, agar to’ldiruvchi bo’lsa, toldiruvchidan keyin kelishi mumkin. Ammo predlog so’roq so’zlardan oldin ham kelishi mumkin:

What are you looking at? Siz nimaga qarayapsiz?

(=At what are you looking?)

Who(m) did he speak to? U kim bilan gaplashdi?

(=To whom did he speak?)

Ask him where he got this Undan bu kitobni qayerdan olgan-

book from. (=Ask him from ligini so’rang.

where he got this book.)

aniqlovchi ergash gaplarni bosh gaplarga bog’laydigan nisbiy olmoshlarga qarashli predloglar gapning oxirida fe’ldan keyin, agar to’ldiruvchi bo’lsa, toldiruvchidan keyin kelishi mumkin. Predloglar nisbiy olmoshdan oldin ham kelishi mumkin:

The house which he lives in is very big. (= The house in which he lives is very big.) U yashaydigan uy juda katta

Nisbiy olmosh tushib qolsa, predlog doimo fe’ldan keyin keladi:

The house he lives in is very big.

egasi aniq maylda to’ldiruvchi bo’lib kelishi mumkin bo’lgan majhul birikmalarda predlog gapning oxirida keladi:

He was laughed at (Taqqoslang: They laughed at him). Uning ustidan kulishdi.

The doctor was sent for (Taqqoslang:They sent for the doctor).

Doktorga odam yuborishdi.

aniqlovchi bo’lib kelgan infinitivli birikmalarda predlog infinitivdan keyin keladi:

I have no pen to write with. Menda yozish uchun ruchka yo’q.
Shakli ravishlar bilan mos keluvchi predloglar:

1. Ba’zi predloglarning shakllari ravishlar bilan mos keladi. Predloglarni ravishlardan ularning gapdagi vazifasiga qarab ajratish mumkin. Predloglar otlar (olmoshlar) bilan gapdagi boshqa so’zlar o’rtasidagi munosabatni bildirib keladi. Ular mustaqil so’zlar emas, yordamchi so’zlardir va urg’u olmaydi. Ravishlar esa fe’llarni aniqlaydi. Ular mustaqil so’zlar bo’lib urg’u oladi:

Predloglar

Ravishlar

He went up stairs. U zinadan yuqoriga chiqdi.

I looked up and saw an aeroplane flying very low. – Men yuqoriga qaradim va juda past ucha- yotgan samolyotni kordim.

Before the war he lived in London. Urushdan oldin u Londonda yashagan.

I have read this book before. Men bu kitobni oldin o’qiganman.

We shall go there after dinner. Biz u yerga tushlikdan keyin boramiz.

I never saw him after.

Keyin men uni hech qachon ko’rmadim.

Shavkatjon

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Post comment

Saytni Tarjimalash »