Ingliz tilidagi predloglar haqida umumiy ma’lumot

Predlog deb ot (yoki olmoshning) gapdagi boshqa so’zlarga munosabatini ko’rsatuvchi yordamchi so’zlarga aytiladi. Predloglar gaplar va jumlalar orasidagi munosabatni ko‘rsatib beradi. Taxminan 50 ga yaqin predloglar mavjud bo‘lib, ingliz tilida ular juda muhim o’rin tutadi2. Shuning uchun asosiy predloglarni ko’rib chiqib, qolganlariga esa matn va mashqlarga diqqatimizni qaratamiz. Predloglar:

1. Ingliz tilida kelishik qo’shimchalari vazifasini bajaradi.

I live in Navaiy. Men Navoiyda yashayman.

She is sitting under a tree. U daraxt tagida o’tiribdi.

After the lesson she went to the park. U darsdan keyin parkka bor di.

He came with his dog. U kuchugi bilan keldi.

2. Har bir predlog bir necha mustaqil ma’nolarga kelishi mumkin. Masalan, in predlogi quyidagi ma’nolarda ishlatiladi;

a) –da (joyga nisbatan ishlatiladi):

He lives in Samarkand. U Samarqandda yashaydi.

b) –da (vaqtga nisbatan ishlatiladi, oy va yil oldida):

He was born in 1987. U 1987 yilda tug’ilgan.

keyin ma’nosida:

She will return in an hour. U bir soatdan keyin qaytib keladi.

–da, ichida, moboynida:

The house was build in three month. Uy uch oy ichida qurilgan.

3. Ko’p hollarda u yoki bu predlogning ishlatilishi undan oldin kelayotgan fe’lga, sifatga yoki otga bog’liq bo’ladi. Masalan, to depend fe’li o’zidan keyin on predlogini talab qiladi:

It doesn’t depend on me. U menga bog’liq emas.

To laugh fe’li o’zidan keyin at predlogini talab qiladi:

He laughed at me. U meni ustimdan kuldi.

Sure sifati o’zidan keyin of predlogini talab qiladi:

He was sure of it. U bunga amin edi.

4. Ba’zi fe’llar turli predloglar bilan kelganda, ma’nosi o’zgarib kelishi mumkin.

He is looking at the child. U bolaga qarayapti.

He is looking for the child. U bolani izlayapti.

He is looking after the child. U bolaga qarayapti(g’amxo’rlik qilyapti)

5. Predloglar ko’pgina iboralar va birikmalar tarkibiga kiradi- in vain behuda, bekorga, at last nihoyat , for ever umrbod, abadiy,on the one (other) hand bir (boshqa) tomondan va boshqalar.

Leksik ma’nosiga ko’ra qachonki, boshqa bir predloglar katta kuchsizlikni saqlab qolsa (to, by, of) bir qancha predloglar butunlay aniqdirlar ( masalan, in, below, between, before, after, till) .

Morfologik tuzilishiga ko’ra perdloglarni quyidagi guruhlarga bo’linadi.

Oddiy (simple) in, on, at, for, with, etc

yasama (derivative) behind, below, across, along, etc

murakkab (compound) incide, outside, within, without, etc

tarkibiy (composite) because of, in front of, in eccordance with, etc

Ma’nosiga ko’ra predloglar o’rin joy va yo’nalish (in, on, below, under, between va hokozo), vaqt (after, before, at va boshqalar), umumiy bog’lovchilarni ifodalaydi ( by, with, because of, with a view to).

So’zlarni o’zaro bog’lanishi 2 ta asosiy qismga bo’linadi:

(1) predloglar va (2) birikmalar.

Predloglar o’zidan keyin so’zlarni aloqasini ta’minlaydi, predmet va predmetni, predmet va belgi, predmet va jarayonni bir-biri bilan bog’lab ma’no hosil qiladi.

Bu aniqlikda quyidagi ikkita holatni (vaziyatni) e’tiborga olish zarur: Birinchidan, predlog so’zlarni bog’lovchisi hisoblanadi. Bu grammatik ahamyatlilik yuqori o’rinda turadi chunki, yuqorida aytilganidek predmetni predmetga, predmetni belgiga yoki predmetni jarayonga bog’liqlikni anglatadi.

Misol uchun quyidagi gapni olsak, I am looking at him – men unga qarab turibman, – him so’zi nomustaqil predmetdir, boshqacha qilib aytganda “e’tibor qaratish uchun predmet hisoblanadi” bu yerda predmet look ga nisbatan muayyan qilib qo’yilishi kerak. Shu sababli predmetni o’zaro yoki harakatga nisbatan bog’lanishdagi ahamyati kattadir.Ikkinchidan, predlog so’zlarni bog’lovchisi hisoblanadi, hamma so’zlar qatori u ham leksik ma’noga ega. Ayrim paytlargda predlogning leksik ahamyati juda yaqqol bilinadi misol uchun, pradlogni fe’llar bilan birga qo’shilishi, makonni, holatini anglatishda: He sat in a three (U daraxt ustiga o’tirdi) va He sat under a three (u daraxt ostiga o’tirdi) bu holatda grammatik tuzilish ikkala gapda bir hil bo’lsa ham, in va under predloglarini qo’llanilishi harakatni va holatni har-xil ekanligini anglatadi, shunda odam va daraxt o’rtasidagi aloqani turlicha ma’noda tushunamiz.

Shavkatjon

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Post comment

Saytni Tarjimalash »