Possessives – Egalik olmoshlari

Biz sizlar bilan oldingi darslarda ingliz tilida egalik olmoshlari va ko’rsatish olmoshlari haqida ma’lumotlar olgan edik. Bugungi darsimiz esa egalik olmoshlari haqida.
Egalik olmoshlari ingliz tilida possessive pronouns deyiladi va biror narsaga egalikni bildiradi. Masalan:
my pen – mening ruchkam
his book – uning kitobi

Egalik olmoshlari quidagilar:
Birlikda
my – mening your – sening, sizning his (og’il bola, erkak kishi uchun) – uning her (qiz bola, ayollar uchun) – uning its (hayvon va narsa buyum uchun) – uning
Ko’plikda
our – bizning your – sizlarning their – ularning

Personal PronounsPossessive pronouns
SingularPluralSingularPlural
I
you
he, she, it
we
you
they
my
your
his, her, its
our
your
their

1. Gaplarni my, your, his, her, its yoki their qo’yib tugallang

2. Gaplarni my, your, his, her, its yoki their qo’yib tugallang

Egalik qo’shimchasi. Biz biror kishining yoki hayvonning biror nimasi demoqchi bo’lsak ‘s dan foydalanamiz. Masalan: the boy’s ball – bolaning kopto’gi my mother’s dress – oyimning ko’ylagi Agar birdan ortiq kishi yoki hayvon nazarda tutilganda s’ dan foydalanamiz. Masalan: The boys’ book – O’g’il bolalarning kitoblari Lekin Children’s dog (Children o’zi ko’plikda bo’lgani uchun) Agar Ben and Joe’s bike bo’lsa unda ikkising velosipedi bitta bo’ladi Ben’s and Joe’s bikes bo’lsa Ben va Joelarning velosipedlari ular ikkisi uchun alohida velosiped bo’ladi.

So’zlarni ‘s yoki ‘ qo’shib bo’limlarga ajratib chiqing

O’qing va to’g’risini aylanaga oling.

New words:
scarf – sharf
ticket – bilet, chipta
jacket – jiket
handbag – sumka
T-shirt – futbolka
rabbit – quyon
brush – chotka

Shavkatjon

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Post comment

Saytni Tarjimalash »