INGLIZ TILIDA QAYSI SO’ZLARNI BIRINCHI BO’LIB O’RGANISH KERAK?

INGLIZ TILIDA QAYSI SO’ZLARNI BIRINCHI BO’LIB O’RGANISH KERAK?

Nima dib oylaysiz, Ingliz tilida 5000ta so’z bilgan odam Ingliz tilida gapira oladimi?

«Bemalol gapira oladi» deb oylagan odam yanishadi. Nega? Sizni 3 yoshli jiyaningiz demokratiya yoki avtobiografia degan so’zlani tuwunmasligi mumkin lekin uni yonida gapirganda ehtiyot bo’lib gairasiz chunki siz o’yalagandanam ko’ra ko’proq narsani tushunadi.

Menda bir o’quvchim bo’lardi. U kuniga 50ta so’z yodlab kelardi. Man unga necha marta etganman «so’z yodlashni o’rniga tekstlarni o’qigin» deb. Ishonasizmi hatto oddiy «dam olish kuni nima ish bilan shugullanding» degan oddiy savolgayam qiynalardi javob berishga. Nega?

So’z bilish bilan gap bilishni o’rtasida juda kotta farq bor. Polyglot digan rus kishini video darslarini ko’rganla bilisa kere. Video aytilgan bitta gap manga judayam yoqqan. «Ingliz tilida bor yo’g’i 30ta ot, 30ta sifat, 30ta fel bilan 20.000 hil gap tuzsa bo’ladi!»

Yana bir misol: Ko’pchilik futbolga qiziqadi. Ronaldoni olamiz. U chempionat vaqtida 200 yo 300 hil tryuklar qilib yutadimi o’yinni yo 3-4 hil pass berish va tepishdan foydalanadimi?

Ingliz tili ham huddi shunday!

Bu tilda ravon yani to’htamay gapirish uchun 20000 ta so’z bilish shart emas! Hatto 5000 ta so’z ham shart emas. Tadqiqodlarga qaragandan o’rtacha Amerikalik har kuni taxminan 1200 ta so’zdan foydalanar ekan. Chet elga borganda yoki turist bilan gaplashganda Sizga shuni yarmi yani 600 so’z yetib ortadi.

MASLAHAT: Yangi so’zni yozib olib yodlashdan oldin doim o’zizga mana bu savolni bering: bu so’zni o’zbekcha tarjimasini o’tgan bir haftani ichida necha marta qo’lladim? Javob «0» bo’lsa bu so’zni hozir o’rganishingiz shart emas. Bundan muhimroq so’zlar bilan shugullaning. Shunda samaradorligingiz oshadi yani o’zingiz hohlagan natijaga tezroq erishasiz!
Eng birinchi bo’lib Ingliz tilini yuragi bo’lgan va eng ko’p ishlatiladigan 3 ta fel ga etibor qaratmoqchiman.
3ta feldan keyin eng ko’p foydalaniladigan 100ta fel, 100 ot va 100 sifatdan foydalanib kuniga 3ta so’zdan qiziqarli mini-tekstlar tuzib saytga qo’yaman Hudo hohlasa!

Shavkatjon

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Post comment

Saytni Tarjimalash »