Aniq artikl Definite

Aniq artikl Definite

Definite article ning ishlatish qoidalari indefinite article dan ko’proq va bir muncha qiyinroq.Endi ko’rib chiqamiz birma-bir qoidalarni. 1.Definite article qoidalarida aytib o’tilgan edi agar biror narsani tasvirlashda ilk ma’lumotni berishda a\an article ishlatiladi, agar o’sha ma’lumot keyin yana takrorlansa u holda the ishlatiladi.
2.For example,
I SAW A FILM LAST NIGHT. THE film was about a soldier and a beautiful girl.
Agar vaziyatdan kelib chiqib gapirilayotgan bo’lsa u holda so’zlar the article bilan ishlatiladi. Misol uchun gap xona haqida gapirilayotgan bo’lsa, the ishlatiladi quyidagi so’zlar bilan.
For example, the light\the floor\the ceiling\the door\the carpet etc.
Can you turn off the light, please? (the light in this room)
3.The police\the fire-bridge\the army so’zlari bilan ishlatiladi.
I must go to the bank to change some money and then I’m going to the post office to buy some stamps. (The speaker is usually thinking of a particular bank or post office- ya’ni so’zlovchi bank haqida yoki pochta haqida gapirayotganda aniq bir bankni yoki pochtani nazarda tutib gapiradi oldindan biladigan, doim o’sha yerga borib yuradigan aynan shuning uchun the article bilan ishlatilgan )
4.The doctor, the dentist so’zlari bilan ishlatiladi chunki bunda ham so’zlovchi doctor yoki dentist deganda oldindan taniydigan doimiy boradigan doctor nazarda tutiladi, shu sabab the ishlatiladi, boshqa vaziyatda ya’ni professiya ma’nosida indefinite article bilan ishlatiladi.
For example, John isn’t very well. He has gone to the doctor. (his doctor)
5.Dunyodagi yagona narsalar oldidan doim the ishlatiladi. The Sun, the equator, the moon, the Sky, the sea, the Earth, the world, the environment, the universe, the Internet
6.The longest river in Europe, at the end of this month, at the beginning of… kabi birikmalar bilan ishlatiladi.
7.Poytaxtlarni nomlarini the capital of.. deb aytilganda ishlatiladi. Toshkent is the capital of Uzbekistan.
7.The+same doim birgalikda ishlatiladi va bir xil degan tarjimani bildiradi ?Are these keys the same?
8.Space-fazo, koinot ma’nosida kelganda the olmaydi, joy, yuzama’nosida esa the bilan ishlatiladi. There are millions of stars in space (no the article) I tried to park my car, but the space was too small.
9.Go to the cinema, go to the theatre, the radio so’zlari bilan ishlatiladi. Lekin TV oldidan ishlatilmaydi Agar uni yoqish yoki o’chirish ma’nosida kelsagina, the bilan ishlatiladi.
Can you turn off the Tv, please?( The Tv in this room)
10.Tartib raqamlari oldidan ishlatiladi: the first, the second, the third…
11.Davlat tashkilotlari binolari oldidan the ishlatilishi ham ishlatilmasligi ham mumkin:prison (jail), hospital, mosque, university, college, Church, school. Agar ushbu binolarga tegishli odamlar haqida gap borayotgan bo’lsa, bu binolar oldidan the ishlatilmaydi. Tegishli bo’lmagan insonlar haqida bo’lsa the ishlatiladi. Ken’s brother is in prison for robbery. Ken went to the prison to visit his brother.
12.The+adjective bo’lganda ishlatiladi va bunda koplik, umumlashgan ma’nolarni bildiradi.
For example, Do you think the rich should pay more taxes? Saning o’ylashingcha boylar ko’proq to’lov to’lashlari kerakmi? The bilan ishlatiladigan sifatlar: the rich -boylar, the old-keksalar, the blind-ko’rlar, the sick-kasallar, the disabled-nogronlar, the injured-jarohatlanganlar, the poor-kambag’allar, the young-yoshlar, the deaf-karlar, the dead-o’lganlar, the unemployed-ishsizlar.
13.The+nationality ya’ni millat nomlari bilan ishlatiladi: The British, The welsh, The Spanish, The Dutch, The English, The Irish, The French. The Swiss…
The French are famous for their food( the French people)

Shavkatjon

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Post comment

Saytni Tarjimalash »