Abituriyentlarning tayyorgarligi uchun yordam va yangi ko‘nikma

Avvalgi yillarda test sinovi o‘tkazishda erishilgan yutuqlar bilan birga, muammoli holatlar ham kuzatildi. Ulardan joylarda ro‘yxatdan o‘tishda navbatlar yuzaga kelganligidan ko‘z yumib bo‘lmaydi.
Shularni hisobga olgan holda Davlat test markazi tomonidan uning rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatga olish bo‘yicha dasturiy ta’minot ishlab chiqildi. Bu bilan abituriyentlarga Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatini yaratilmoqda va mazkur o‘quv yilidan boshlab, joriy qilinishi ko‘zda tutilmoqda.
Buni o‘rinli va vaqtida qo‘llanilayotgan qulaylik, deyish mumkin. Ushbu qulaylik natijasida abituriyentlar uyidan chiqmagan holda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. bu bilan ularning vaqti, sarf-xarajati tejaladi, shuningdek, asossiz navbatlar yuzaga kelishining oldi olinadi.
Joriy yilda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlarning test sinovida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish muddati yaqinlashayotganlini sababli, “Abituriyentlar ma’lumotlari va arizalarini online ro‘yxatga olish tizimining foydalanuvchisi uchun YO‘RIQNOMA” e’tiboringizga havola qilinmoqda.
Abituriyentlar ma’lumotlari va arizalarini online ro‘yxatga olish tizimining foydalanuvchisi uchun YO‘RIQNOMA
Mazkur tizimga internetga ulangan kompyuterning internet brauzeridan abitur.dtm.uz domeni orqali kiriladi.
Tizimga kirish uchun abitur.dtm.uz havolasi bosiladi, unda foydalanuvchilarni identifikatsiya qilish oynasi ochiladi (1-rasm).

1-rasm. Tizimga kirish oynasi

Tizimda ro‘yxatdan o‘tish uchun “Ro‘yxatdan o‘tish” tugmasini bosiladi. Ochilgan oynadagi (2-rasm) login, parol, telefon raqam kiritiladi, va robot emasligingzni tasdilash uchun rasmdagi harflarni kiritasz so’ng ro‘yxatdan o‘tasiz.

2-rasm. Ro‘yxatdan o‘tish oynasi

Ro‘yxatdan o‘tilgach, “Bosh sahida” bo‘limi ochiladi. Bo‘limning chap tomonida menyular paneli aks etgan (3-rasm).

Menyular panelida 3 ta bo‘lim mavjud:

1.Bosh sahifa;

2.Qabul 2020;

3. Shaxsiy malumotlar;

3-rasm. Menyu paneli

“Bosh sahifa” bo‘limida dastur tomonidan taqdim qilinadigan xizmatlar va foydalanuvchi sozlamalari joylashgan (4-rasm).

4-rasm. “Bosh sahifa” bo‘lim

“Shaxsiy ma’lumotlar” bo‘limi “Pasport”, “Doimiy yashash manzili” va Tugatgan ta’lim muassasi” qismlaridan iborat.

“Pasport” qismi orqali biometrik pasportga ega bo‘lmagan abituriyentlar pasport va shaxsiy identifikatsiya raqami orqali ma’lumotlarni yuklab olishlari mumkin (5-rasm).

5-rasm. “Pasport” qismi

“Doimiy yashash manzili” qismi orqali foydalanivchining doimiy yashash manzili haqidagi ma’lumotlar kiritiladi. Tahrirlash uchun 

 tugmasi bosiladi va quyidagi oyna ochiladi (6-rasm):

6-rasm. “Doimiy yashash manzilini tahrirlash” oynasi

“Tugatgan ta’lim muassasasi” qismi orqali foydalanivchining o‘rta ma’lumot olgan ta’lim muassasasi haqidagi ma’lumotlarni ifodalaydi. Tahrirlash uchun  tugmasi bosiladi va quyidagi oyna ochiladi:

7-rasm. “Tugatgan ta’lim muassasasi” oynasi

“Qabul 2020” bo‘limiga kirish uchun foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarni to‘ldirgan bo‘lishi lozim. Agar foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarni to‘ldirmagan bo‘lsa, quyidagi ogohlantish oynasi chiqadi (8-rasm).

8-rasm. Ogohlantirish oynasi

Agar oldin ro‘yxatdan o‘tilmagan bo‘lsa, oynada quyidagi ma’lumotlar chiqadi (9-rasm).

9-rasm. “Qabul 2020” oynasi

Ta’lim yo‘nalishlari. Ta’lim yo‘nalishlari bir talim shakli va bir ta’lim tili doirasida 3 tagacha tanlanishi mumkin. Dastur o‘zi bu narsani tekshirib chiqaradi. Agar u tanlagan ta’lim yo‘nalishida chet tili mavjud bo‘lsa, Chet tili ham tanlanadi.

Abituriyent qaysi OTM ga ro‘yxatdan o‘tishidan qat’i nazar, o‘zi xohlagan hududda tashkil etiladigan test sinovlarida ishtirok etishi mumkin. Bunda operator abituriyentdan so‘ragan holda Test topshirish hududini belgilab qo‘yadi.

 “Saqlash” tugmasi bosilganda, abituriyentning ma’lumotlari Davlat test markazi bazasiga saqlanadi va Abituriyentning ro‘yxatdan o‘tganligi haqida ma’lumot chiqadi (10-rasm):

10-rasm. Abituriyentning ro‘yxatdan o‘tganligi haqida ma’lumot

Sizlar hozirgi karantin cheklovi davrida uyda o‘tirib, yo‘riqnoma bilan ishlash tartibi bilan tanishish, uni to‘g‘ri, bexato to‘ldirishni o‘rganish, to‘ldirish mashqini bajarib borishingiz mumkin.

Manba: dtm.uz

Shavkatjon

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Post comment

Saytni Tarjimalash »